Kameralaringizni AI bilan avtomatlashtirish
AI video analitika — kameralar tasvirini real vaqtda tahlil qilib, odamlarni sanaydi, yuz orqali davomatni belgilaydi, kaska va himoya kiyimini nazorat qiladi hamda avto raqamlarni o'qiydi. Avval kamera modeli, tasvir tiniqligi, rakursi va yorug'ligini tekshiramiz: mos IP kameraga ulanib, hodisalar haqida Telegram yoki dashboardga xabar yuboramiz. Tasvir sifati vazifaga yetmasa, kamerani sozlash, qo'shimcha kamera yoki almashtirish kerak bo'lishi mumkin. On-premise yoki bulutda ishlaydi.
IT Park rezidenti • Kameralar auditdan keyin ulanadi • To'lov: 30% oldindan

AI video analitika nima qila oladi?
Bitta AI qatlami mavjud kameralaringizni bir nechta vazifaga o'rgatadi — odam sanashdan avto raqam o'qishgacha. Hammasi real vaqtda, operator doim ekranga qarab o'tirmasdan.
Odam aniqlash va sanash
Kirgan-chiqqan odamlar sonini avtomatik sanaydi: do'konga tashrif (footfall), navbat uzunligi, zal to'lganligi va eng gavjum soatlar. Marketing va xodimlarni rejalashtirish uchun aniq raqamlar.
Yuz tanish orqali davomat
Xodim yoki mehmon yuzini tanib, kirish-chiqishni avtomatik belgilaydi — turniketsiz. Davomat jurnali, ruxsat nazorati, qora ro'yxat (blacklist) va VIP mijozni tanib xabar berish.
Ish xavfsizligi nazorati
Zavod va qurilishda kaska, jilet va himoya kiyimini kiymagan xodimni aniqlaydi; xavfli zonaga (stanok, yuk ko'targich) kirishni sezadi va darhol ogohlantiradi. Baxtsiz hodisa oldini olish.
Avto raqam tanish (ANPR)
Avtomobil davlat raqamini o'qiydi va bazaga yozadi: parkovka va hudud kirishini avtomatlashtirish, shlagbaumni ruxsat etilgan mashinaga ochish, mehmon va o'z transportini ajratish.
Kameralar auditidan boshlaymiz
RTSP/ONVIF qo'llab-quvvatlashi bilan birga tasvir tiniqligi, rakurs va yorug'likni ham tekshiramiz. Kamera vazifaga mos bo'lsa mavjud tizimga ulanadi; tasvir xira yoki sifati past bo'lsa, sozlash, qo'shimcha kamera yoki almashtirish tavsiya qilinishi mumkin.
Real vaqtda ogohlantirish
Hodisa yuz berganda — kaskasiz xodim, notanish yuz, ruxsatsiz mashina — Telegram, dashboard yoki xavfsizlik pultiga soniyalarda xabar boradi, skrinshot va vaqt bilan. Yozuvni keyin ham arxivdan topasiz.
AI kamerada qanday ko'rinadi
Mavjud kameralaringiz AI bilan shunday ishlaydi.



Qanday texnologiyada quramiz?
Mavjud videokuzatuv ustiga qo'shiladigan zamonaviy kompyuter ko'rish (computer vision) qatlami — sizning tarmog'ingizda yoki bulutda.
Kompyuter ko'rish modellari
Obyekt aniqlash (detection) va kuzatish (tracking) modellari odam, transport va jihozni tasvirdan ajratadi. Har bir use-case uchun aniqlik sizning kamera burchagi va yorug'ligiga moslab sozlanadi.
Yuz tanish va ANPR/OCR
Yuz embeddinglari orqali shaxsni taqqoslash va raqam plastinkasini o'qish uchun OCR. Baza sizning xodimlar, mijozlar yoki ruxsat etilgan transport ro'yxatingiz asosida quriladi.
RTSP / ONVIF ulanishi
IP kameralarning standart protokollari. Hikvision, Dahua va boshqa RTSP oqim beradigan kameralarga to'g'ridan-to'g'ri ulanamiz — videoregistrator (NVR) o'z joyida qoladi.
On-premise yoki bulut
Maxfiylik muhim bo'lsa — hamma tahlil sizning ichki serveringizda (GPU) ishlaydi, video tashqariga chiqmaydi. Yengil holatlarda esa bulutli ishlov arzonroq bo'ladi.
Xabar va integratsiya
Telegram bot, dashboard va webhook orqali hodisalarni tizimingizga uzatamiz — CRM, davomat tizimi yoki xavfsizlik pultiga. Barcha hodisalar vaqt tamg'asi bilan arxivlanadi.
Dashboard va hisobot
Odam oqimi, davomat, buzilishlar va avto kirish bo'yicha grafik va hisobotlar. Kunlik, haftalik yoki soatlik kesimda — qaror qabul qilish uchun tayyor raqamlar.
4 qadamda aqlli kameraga
Birinchi 30 daqiqa bepul. Keyin har qadam yozma taklif, aniq narx (TZ dan keyin) va aniq muddat bilan.
Kameralar auditi
Mavjud kameralaringizni tekshiramiz: modeli, joylashuvi, burchagi, yorug'ligi va RTSP/ONVIF qo'llab-quvvatlashi. Qaysi vazifa qaysi kameradan real ishlashini aniqlaymiz.
AI modellarni ulash
Kerakli use-case uchun modellarni ulaymiz: odam sanash, yuz tanish, kaska nazorati yoki ANPR. Bazani (xodimlar, ruxsat etilgan transport) sizning ma'lumotlaringiz asosida quramiz.
Ogohlantirish va dashboard sozlash
Qaysi hodisada kimga xabar borishini belgilaymiz — Telegram, dashboard yoki pult. Hisobot va grafiklarni sozlaymiz, notoq'ri signallarni (false alarm) kamaytiramiz.
Ishga tushirish + qo'llab-quvvatlash
Tizimni jonli rejimga o'tkazamiz, jamoangizni o'rgatamiz va aniqlikni kuzatib boramiz. Yangi kamera yoki yangi vazifa qo'shilsa — tizim kengaytiriladi.
Qaysi biznesga qanday foyda?
To'rt asosiy use-case turli sohalarda qanday ishlashi. Qaysi kameralar mos kelishini auditda aniqlaymiz; ayrim nuqtalarda qo'shimcha yoki yangi kamera kerak bo'lishi mumkin.
Do'kon va savdo markazi
Kirgan tashrifchilar sonini sanaydi, eng gavjum soatlarni va kassa oldidagi navbatni ko'rsatadi. Marketing samarasini (konversiya) va smenaga qancha xodim kerakligini aniq raqam bilan bilib olasiz.
Zavod va qurilish maydoni
Kaska va jiletsiz xodimni, xavfli zonaga kirishni real vaqtda aniqlaydi va usta yoki xavfsizlik bo'limiga darhol xabar yuboradi. Buzilishlar jurnali va baxtsiz hodisa oldini olish.
Ofis va biznes markazi
Yuz orqali davomat va kirish nazorati — turniket va propuska kartasisiz. Kim qachon kelgani avtomatik yoziladi, notanish yuz kirsa xavfsizlikka signal boradi.
Parkovka va zakrit hudud
Avto raqamni o'qib, ruxsat etilgan mashinaga shlagbaumni avtomatik ochadi, mehmon transportini ajratadi va kirish-chiqish jurnalini yuritadi. Qorovul har bir mashinani qo'lda yozib o'tirmaydi.
Restoran va xizmat ko'rsatish
Zal to'lganligi va navbatni kuzatib, xizmat tezligini nazorat qiladi; VIP yoki qaytgan mijoz yuzini tanib, administratorga oldindan xabar beradi.
Ombor va logistika
Yuklash-tushirish zonasida xavfsizlik qoidalarini nazorat qiladi, transport raqamini ANPR bilan qayd etadi va hudud bo'ylab odam oqimini tahlil qiladi.
Narx nimaga bog'liq?
Bir martalik ulash $990 dan boshlanadi. Keyin AI ishlashini o'zingiz boshqarasiz — hosting va foydalanishni o'zingiz to'laysiz. Aniq narx kamera soni va vazifalarga bog'liq.
Kameralar soni
$990 dan
Nechta kamera va nechta nuqta tahlil qilinadi — asosiy omil. Bitta kirish kamerasidan butun zavod perimetrigacha; jarayon bosqichma-bosqich kengaytiriladi.
Use-case murakkabligi
TZ dan keyin
Oddiy odam sanash bir narx, yuz tanish yoki ANPR baza bilan boshqa. Bir nechta vazifa birlashtirilsa, murakkablik va narx oshadi.
On-premise yoki bulut
TZ dan keyin
Maxfiylik uchun ichki GPU server kerak bo'lsa — jihoz va sozlash hisobga olinadi. Bulutli ishlov ko'p holatda arzonroq startni beradi.
Aniq narx bepul konsultatsiya, kameralar auditi va TZ (texnik topshiriq) kelishilgandan keyin yozma taklifda beriladi. To'lov: 30% oldindan, qolgani bosqichma-bosqich, natijani ko'rib. Yashirin to'lovlar yo'q — hammasi shartnomada.
Savol va javoblar
AI video analitika haqida ko'p so'raladigan savollar.
Sizga yana foydali bo'lishi mumkin
AI video analitikaga yaqin Tezcode yechimlari.
Bepul jarayon auditidan boshlang
30 daqiqada AI biznesingizning qaysi qismiga eng katta foyda berishini aniqlab beramiz: savdo, mijozlar, hisobotlar yoki jarayonlar.