TezCode Labs — venture studio

TezCode Labs — o'z mahsulotlarimizni quramiz

TezCode Labs — Tezcode ichki innovatsiya laboratoriyasi va venture studiyasi. Biz faqat mijozlar uchun ishlab bermaymiz — o'z startaplarimizni tug'diramiz, sinovdan o'tkazamiz va miqyoslaymiz. WeWatch, CoreMed, Ventra va boshqalar shu yerda tug'ilgan.

Investitsiya + ulush modeli • Founder'lar bilan birga asos solamiz

Lab nima qiladi

TezCode Labs qanday ishlaydi?

G'oyani ishlovchi biznesga aylantiramiz: validatsiya, prototip, MVP, bozorga chiqish va miqyoslash — bitta jamoadan.

G'oya validatsiyasi

Bozor, muammo va talabni tekshiramiz. Pul va vaqt sarflashdan oldin g'oya ishlashini isbotlaymiz.

Tez prototiplash

Kunlar ichida ishlovchi prototip. Foydalanuvchilar bilan sinab, faraz to'g'rimi yoki yo'qmi darrov ko'ramiz.

MVP ishlab chiqish

Real foydalanuvchilar uchun to'liq ishlovchi birinchi versiya. AI bilan tezlashtirilgan development.

Bozorga chiqish (go-to-market)

Launch strategiyasi, birinchi foydalanuvchilar, o'sish kanallari va metrikalar. Faqat kod emas — traksiya.

Birgalikda asos solish (co-founding)

G'oyangiz bor, texnik jamoa yo'qmi? Biz co-founder sifatida kiramiz — jamoa, texnologiya va tajriba beramiz.

Investitsiya + ulush

Biz naqd emas, resurs va ekspertiza bilan investitsiya qilamiz. Muvaffaqiyatga ulush orqali bog'lanamiz.

Qanday ishlaymiz

G'oyadan miqyosgacha

Har bosqichda aniq to'xtash nuqtasi bor — ishlamasa, oldinga o'tmaymiz.

01

G'oya va validatsiya

Muammoni, bozorni va foydalanuvchini o'rganamiz. Ishlashga arziydimi — birgalikda hal qilamiz.

02

Prototip

Tez ishlovchi prototip yasaymiz va real odamlarda sinaymiz. Faraz tasdiqlansa — davom etamiz.

03

MVP

Birinchi ishlovchi mahsulot bozorga. AI-tezlashtirilgan development bilan qisqa muddatda.

04

Launch va miqyoslash

Bozorga chiqish, o'sish va miqyoslash. Metrikalar asosida keyingi qadamlarni belgilaymiz.

Bizning mahsulotlar

O'z ichimizda tug'ilgan startaplar

Nega ichki lab muhim: o'z mahsulotimizni o'zimiz ishlatamiz, tekshiramiz va isbotlangan playbook'ni mijozlarga olib kelamiz.

WeWatch

Social media / birga tomosha

Do'stlar bilan real vaqtda birga video ko'rish ijtimoiy platformasi. Bizning consumer-product tajribamiz.

CoreMed

Healthtech ekotizim

CoreMed, ClinicaGo va HamshiraGo — klinikalar, shifokorlar va hamshiralar uchun raqamli tizim.

Ventra

Analitika platformasi

Marketplace savdo analitikasi. Data-heavy SaaS qurish bo'yicha ichki ekspertizamiz.

AI-Trade / MaxSavdo

AI va commerce

AI-Trade va MaxSavdo — savdo va commerce yo'nalishidagi eksperimental mahsulotlarimiz. Dogfooding orqali isbotlangan.

Tez-tez beriladigan savollar

Savol va javoblar

TezCode Labs va co-founding modeli haqida ko'p so'raladigan savollar.

TezCode Labs — Tezcode ichki venture studiyasi va innovatsiya laboratoriyasi. Bu yerda o'z startaplarimiz va eksperimental mahsulotlarimiz tug'iladi, sinovdan o'tadi va miqyoslanadi. WeWatch, CoreMed, Ventra va boshqalar shu labda yaratilgan.
Ha. Agar sizda g'oya bo'lsa-yu, kuchli texnik jamoa yetishmayotgan bo'lsa, biz co-founder sifatida kirishimiz mumkin. Jamoa, texnologiya, mahsulot tajribasi va bozorga chiqish ekspertizasini beramiz.
Biz asosan naqd pul emas, resurs va ekspertiza bilan investitsiya qilamiz: dasturchilar, dizayn, mahsulot va go-to-market. Buning evaziga startapda ulush olamiz — ya'ni sizning muvaffaqiyatingizga bevosita bog'lanamiz.
Turli bosqichlarda: sof g'oyadan validatsiyaga, prototipdan MVP'ga yoki mavjud mahsulotni miqyoslashga. Bosqichni birgalikda baholaymiz va keyin hamkorlik shaklini kelishamiz.
Custom'da siz to'laysiz, biz mijoz sifatida ishlab beramiz va kod sizniki. Labs'da esa biz hamkor bo'lamiz: birga risk ko'taramiz, resurs va investitsiya qo'shamiz va startap ulushi orqali natijaga bog'lanamiz.
Chunki o'z mahsulotlarimizni o'zimiz quramiz va ishlatamiz (dogfooding). Bu bizga isbotlangan playbook, real product tajriba va AI bilan tezlashtirilgan development beradi — buni founder'larga ham olib kelamiz.
Birga qurish vaqti

G'oyangiz bormi? Birga asos solaylik

Startap g'oyangizni muhokama qilaylik — validatsiyadan co-founding'gacha. Investitsiya + ulush modelida hamkor bo'lamiz.

Telegram'da gaplashish

Yoki tezcode@tezcode.dev ga yozing — Founder Bekzod Mirzaaliyev bilan bevosita bog'lanasiz.

Biznes egalari uchun

Bepul jarayon auditidan boshlang

30 daqiqada AI biznesingizning qaysi qismiga eng katta foyda berishini aniqlab beramiz: savdo, mijozlar, hisobotlar yoki jarayonlar.

14 kun bepul sinov — karta talab qilinmaydiQo'llab-quvvatlash: UZ / RU / ENPOS, CRM va Telegram integratsiyalari