← Barcha keyslar
TezcodeTezcodeHoffen
Keys · AI agentlar

Hoffen: savdo, ombor, moliya va HR uchun 7 ta AI agent Telegram'da

Avtokimyo ishlab chiqaruvchi va distribyutor Hoffen uchun Tezcode savdo, ombor, moliya va HR ma'lumotlarini bitta bazaga yig'ib, rahbar va xodimlarga Telegram'da javob beradigan AI agentlar tizimini qurdi.

7 ta
AI agent ishlab turibdi
80+
har kuni avtomatik ish
1 baza
savdo, ombor, ishlab chiqarish, GPS
Ovoz + matn
agentga oddiy tilda yoziladi

Ma'lumot ko'p, lekin tarqoq

Hoffen avtokimyo mahsulotlarini ishlab chiqaradi va savdo agentlari orqali do'konlarga tarqatadi. Ish ma'lumoti bir nechta tizimda yashaydi: savdo, tashrif, qarz va to'lovlar — biri, ishlab chiqarish va ombor — boshqasi, mashinalar harakati — GPS'da.

Rahbar va xodimlar kerakli raqamni topish uchun har bir tizimga alohida kirishi, hisobotlarni qo'lda yig'ishi kerak edi. Savdo agentlarining intizomi — kim qayerga bordi, kim kech boshladi — ham qo'lda tekshirilardi.

Bitta baza va Telegram'dagi AI agentlar

Tezcode qurgan tizim barcha manbalardan ma'lumotni bitta bazaga tortadi va rahbar hamda xodimlarga Telegram orqali hisobot beradi. Har bir yo'nalish uchun alohida AI agent bor: unga oddiy tilda yoki ovozli xabar bilan savol berish mumkin.

Har kuni 80 dan ortiq rejalashtirilgan ish ishlaydi: ertalabki hisobotlar, yangi nakladnoylar haqida xabar, xarajatlarni yozish, xodim auditi va kerak bo'lsa rahbarga eskalatsiya, qarzdorlarga SMS va kun yakunida tizimning o'zini o'zi tekshirishi. Ularning ko'pi oddiy skript — arzon va har safar bir xil natija. AI faqat odam bilan suhbat kerak bo'lgan joyda ishlatiladi.

Hoffen AI HR agent — Tezcode case card
Hoffen AI agent for hiring — Tezcode

7 ta agent va ularning vazifasi

Kotib

Rahbarning asosiy yordamchisi: kundalik savollar, hisobotlar, eslatmalar. Boshqa agentlardan ma'lumot yig'adi.

Auditor

Savdo agentlari intizomi: tashriflar, kech boshlash, marshrutdan chetlanish. Avtomatik jarima yozmaydi — xodimdan sababini so'raydi.

Ombor

Qoldiq, buyurtmalar, defitsit va ishlab chiqarish rejasi.

Moliyachi

Qarzdorlik, to'lovlar, muddati o'tgan summalar va xarajatlar. Pul o'tkazmaydi — faqat ko'rsatadi va ogohlantiradi.

HR

Vakansiya va ideal nomzod portreti, nomzodlarni ball va sababi bilan baholash, suhbat yozuvini tahlil qilish.

Supervayzer

Savdo, plan, tashriflar, nofaol mijozlar va qarz bo'yicha savollar — faqat o'qiydi.

Nomzod boti

Ishga kirmoqchi bo'lgan odam bilan anketani to'ldiradi va natijani HR'ga yuboradi.

Xavfsizlik qoidalari

  • Agent raqamni o'ylab topmaydi — bazada bo'lmasa, "ma'lumot yo'q" deydi.
  • Agent o'zidan hech kimga yozmaydi va qaror qabul qilmaydi — faqat tayyorlaydi, qarorni odam qiladi.
  • Savdo tizimiga yozish faqat mas'ul odamning aniq tasdig'idan keyin; o'chirish imkoniyati yo'q.
  • Parol va kalitlar chatga hech qachon chiqmaydi.

Loyiha bosqichlari

11-bosqich

Ma'lumotlarni bir joyga yig'ish

Savdo, ombor, ishlab chiqarish va GPS tizimlaridan ma'lumot bitta bazaga ulandi.

22-bosqich

7 ta AI agent ishga tushdi

Kotib, auditor, ombor, moliya, HR, supervayzer va nomzod botlari Telegram'da ishlay boshladi.

3Hozir

Barqarorlik va savdo direktori agenti

Tizimni to'xtashsiz ishlatish ustida ish ketmoqda; daromad qayerda yo'qolayotganini ko'rsatadigan savdo direktori (CRO) agenti qurildi.

4Keyingi

C-level agentlar

Moliya, strategiya, marketing va mahsulot agentlari hamda rahbarga haftalik bir sahifalik umumiy hisobot — fokus savdo o'sishida.

Biznesingizga ham shunday AI agentlar kerakmi?

Biznes egalari uchun

Bepul jarayon auditidan boshlang

30 daqiqada AI biznesingizning qaysi qismiga eng katta foyda berishini aniqlab beramiz: savdo, mijozlar, hisobotlar yoki jarayonlar.

30 daqiqalik konsultatsiya bepul — majburiyatsizQo'llab-quvvatlash: UZ / RU / ENPOS, CRM va Telegram integratsiyalari