Uchrashuvda nima bo'ldi?
2026-yil iyun oxirida Toshkentda, IT Park Uzbekistan tashkil etgan yopiq konferensiyada Schwarz Digits vakili "Partner Ecosystem & Growth" konsepsiyasini taqdim etdi — Yevropa kompaniyalari EI hududidan tashqarida qanday texnologik alyanslar qurishi haqida. Konferensiyaning asosiy tezisi: "Yevropada AI-integratorlar yetishmayapti — pul bor, vazifalar bor, lekin tez va amaliy tarzda joriy eta oladigan jamoalar yetarli emas."
Taqdimotdan so'ng Tezcode asoschisi Bekzod Mirzaaliyev Schwarz Digits vakili bilan shaxsan suhbatlashdi — Tezcode nima qilishini, qanday yo'nalishda ishlashini gapirib berdi. Yig'ilishda hamkorimiz aisolution.uz asoschisi Abbos Xamidov ham qatnashdi. Suhbat yakunida tomonlar hamkor bo'lib ishlashga kelishdi.