AI video analitika nima qiladi?
Oddiy kamera faqat yozadi — kimdir keyin ko'rishi kerak. AI video analitika esa tasvirni o'zi tushunadi va harakat qiladi:
- Odam sanash (footfall): do'kon yoki obyektga qancha odam kirdi/chiqdi — kun va soat bo'yicha aniq raqam.
- Yuzni tanish orqali davomat: xodim kelgan-ketgan vaqti avtomatik qayd etiladi — qo'lda jurnal yoki barmoq skaner shart emas.
- Ish xavfsizligi: kaska yoki forma yo'qligini, taqiqlangan hududga kirishni aniqlaydi va ogohlantiradi.
- Avto raqam tanish (ANPR): avtoturargoh, kirish-chiqish, ruxsat berilgan mashinalar nazorati.
- Real-time ogohlantirish: anomaliya (odam yiqildi, ruxsatsiz kirish, olomon) bo'lsa darhol Telegram/dashboardга signal.