Klinika CRM nima va oddiy CRM'dan farqi nimada?
Klinika CRM — bu klinikaning kundalik ishini bitta joydan boshqaradigan tizim: bemorlar bazasi, qabullar jadvali, shifokorlar ish vaqti, moliya va hisobotlar. Oddiy savdo CRM'idan farqi shundaki, u tibbiy jarayonga moslangan — bemor kartasi, tashxis va davolash tarixi, qabullar oqimi.
Ko'p klinikalar dastlab Excel, qog'oz daftar yoki Telegram guruhlari bilan ishlaydi. Bemor ko'paygach, qabullar adashadi, bemor tarixi yo'qoladi, moliya tushunarsiz bo'lib qoladi va resepshyen telefon qo'ng'iroqlariga ko'milib qoladi. CRM shu tartibsizlikni bartaraf etadi.